OCTO to‘lov sahifasi orqali to‘lash
Octo to‘lov tizimi PCI DSS sertifikatiga ega bo‘lmagan Hamkorlarga to‘lov qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday hamkorlarga Octo to‘lov sahifasiga o‘tish uchun havolalar va QR kodlari taqdim etiladi.
Mijozni qayta yo‘naltirish uchun havolani olish uchun, do‘kon savatidan tranzaksiyani prepare_payment
so‘rovi orqali boshlash lozim.
1. Bir bosqichli to'lov
Bir bosqichli to'lov prepare_payment
metodida amalga oshiriladi va auto_capture = true
parametri yordamida belgilanadi. Ushbu parametr so'rov tanasida standart holatda o'rnatilgan. Ushbu to'lov jarayonida mablag'lar darhol mijoz hisobidan yechib olinadi va Hamkor tomonidan qo'shimcha tasdiq talab etilmaydi.
2. Ikki bosqichli to'lov
Ikki bosqichli to'lov prepare_payment
metodida amalga oshiriladi va auto_capture = false
parametri yordamida belgilanadi, bu esa so'rov tanasida ko'rsatiladi. Ushbu to'lov jarayonida mijozning mablag'lari bloklanadi (hollanadi) va tranzaksiya summasini tasdiqlash uchun qo'shimcha ravishda set_accept
metodini chaqirish talab etiladi. Ikki xil stsenariy bo'lishi mumkin: tasdiqlangan summa yechilgan summaga teng bo'lgan holat yoki tasdiqlangan summa yechilgan summadan kam bo'lgan holat.